Maduro Argentinaning BRICS'ga qo‘shilishdan voz kechishini ahmoqlik deb atadi
Olam
−
02 yanvar 2024 6616 1 daqiqa
Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro argentinalik mavqedoshi Xaver Mileyning mamlakatning BRICS'ga a’zo bo‘lishdan voz kechish qarorini tanqid qildi. Bu haqda u "Le Monde diplomatique" nashriga bergan an’anaviy intervyusida aytib o‘tdi.
“Argentinani BRICS'dan chiqarib tashlagan holda, u (Xaver Miley) argentinaliklarga qarshi harakat qilmoqda”, deydi Maduro.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Xaver Miley Argentinaga qarshi qilgan eng noaniq va ahmoqona ishlardan biridir.
Maduroning qo‘shimcha qilishicha, bunday qaror Argentinani XIX asrga qaytaradi.
Eslatib o‘tamiz, Argentina Prezidenti Xaver Miley Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika Prezidentlariga yo‘llagan maktublarida BRICS davlatlararo assotsiatsiyasiga a’zo bo‘lish taklifini rasman rad etgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025