Maduro AQSH bilan aloqalarni tiklashga tayyorligini bildirdi

Olam

image

Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro Demokrat Jozef Bayden AQSH Prezidentligiga kelganidan keyin Karakas Vashington rasmiylari bilan muloqotni qayta boshlash niyatida ekanligini bildirdi.

"Biz kelajakda Amerika Qo‘shma Shtatlari hukumati va men rahbarlik qilayotgan Venesuela hukumati o‘rtasida munosib, samimiy, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot kanallarini qayta tiklashga harakat qilamiz", deb e’lon qildi Venesuela rahbari.

Avvalroq Amerikaning yetakchi ommaviy axborot vositalari – “ABC News”, “FOX News”, CNN, AP va NBC AQSH Prezidenti saylovlarida demokrat Jo Bayden g‘alaba qozonganini e’lon qilgandi. Ammo natijalar hali rasman e’lon qilinmagan.

Ma’lumot o‘rnida, 2019 yil 21 yanvarda Venesuelada ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi. Natijada, oppozitsiya rahbari Xuan Guaydo o‘zini respublikaning muvaqqat Prezidenti deb e’lon qildi. Qo‘shma Shtatlar boshchiligidagi bir qator davlatlar Guaydoni davlat rahbari sifatida tan olishdi. O‘z navbatida, Rossiya, Xitoy, Turkiya va boshqa bir qator davlatlar Maduroni qonuniy Prezident sifatida qo‘llab-quvvatladilar.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Maduro

Baholaganlar

103

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing