Madrimov “The Ring” reytingida peshqadamlardan bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekistonlik professional bokschi  Isroil Madrimov  “The Ring” jurnalining oktyabr oyi uchun yangilangan reytingida 2-o‘rinni egalladi. Bu haqda O‘zbekiston Professional boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, super yarimo‘rta vazn toifasida faoliyat olib boruvchi WBA yo‘nalishida sobiq jahon chempioni hisoblangan Madrimov o‘tgan oy ham reytingda 2-pog‘onani band etgan.

Avstraliyalik Tim Szyuni mag‘lub etgan rossiyalik Baxram Murtazaliyev reytingga ilk bor kiritilib, 3-o‘ringa joylashtirildi. Szyuning o‘zi esa 5-o‘rindan 7-pog‘onaga tushib ketdi. 

Reytingda hamon amerikalik Terens Krouford yetakchilik qilmoqda. Isroil Madrimovning bo‘lajak raqibi ukrainalik Sergey Bogachuk esa 6-o‘rinda qayd etilgan.

 “The Ring” reytingi:

1. Terens Krouford (AQSH);
2. Isroil Madrimov (O‘zbekiston);
3. Baxram Murtazaliyev (Rossiya);
4. Sebastyan Fundora (AQSH);
5. Virjil Ortis (AQSH);
6. Sergey Bogachuk (Ukraina);
7. Tim Szyu (Avstraliya);
8. Xesus Ramos (AQSH);
9. Charlz Konuyell (AQSH);
10. Brayan Mendoza (AQSH).


Maqola muallifi

Teglar

boks Isroil Madrimov Terens Krouford

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made