Madridliklar Silva bilan shartnomani bekor qildi
Sport
−
04 Sentabr 2019
3625Madridning "Real" klubi yarim himoyachi Lukas Silva bilan shartnomani bekor qildi.
Bu ikkala tomonning kelishuvi asosida amalga oshgan.
26 yoshli futbolchi 2015 yili "Kruzeyro"dan 13 million yevro evaziga “Real”ga transfer qilingandi. U asosiy jamoada 9 ta o‘yin o‘tkazganidan keyin “Marsel” (2015-2016) hamda “Kruzeyro”da (2017-2019) ijara asosida faoliyat olib bordi.
2016 yilda futbolchi yuragida muammolar borligi sabab futbol bilan xayrlashishi haqida e’lon qildi. Biroq, ushbu murojaatining ertasi kuni Lukas barchasi joyida ekanini aytib, faoliyatini davom ettirdi.