Madridda kuchli portlash yuz berdi
Olam
−
06 may 2022
8036Ispaniyaning Madrid shahridagi turar-joy binosida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda kamida 12 kishi jarohatlandi. Bu haqda “El País” nashri xabar bergan.
Qayd etilishicha, portlash bugun, 6 may kuni soat 13:00 da Madridning markaziy tumanlaridan birida yuz bergan.
Hodisa oqibatida avvaliga 6 kishi, keyinchalik esa 12 kishi jarohatlangani ma’lum qilindi. Turar-joy yaqinida to‘xtab qolgan mashinalar katta zarar ko‘rgan.
Voqea sodir bo‘lgan joy yaqinida qutqaruv xizmatlari yana qurbonlar topilgan taqdirda yordam berish uchun ko‘chma shifoxona tashkil qilgan.
Ayni paytda politsiya hodisa joyini o‘rab olgan, o‘t o‘chiruvchilar binoda boshqa zararlar bor-yo‘qligini tekshirishmoqda.
LiveBarchasi