Madridda 12 yildan buyon kuzatilmagan ob-havo hukm surmoqda
Olam
−
09 yanvar 2021
6757Ispaniya poytaxti Madridda yog‘gan kuchli qor poytaxt aeroporti faoliyatini to‘xtatib qo‘ydi. Reyslarni iloji boricha tezroq tiklash uchun uchish-qo‘nish yo‘laklari tozalanmoqda, deb xabar bergan Davlat aeroportlar boshqarmasi.
Qayd etilishicha, poytaxt aeroportiga qo‘nishi kerak bo‘lgan samolyotlar vaqtinchalik boshqa aeroportlarga yuboriladi.
Ispaniya Davlat meteorologik agentligi 7 yanvardan boshlab, ko‘plab hududlarda qor yog‘ishi, sovuq tushishi va kuchli shamol bo‘lishini ma’lum qilgan.
Madridda 20 santimetrgacha qor yog‘ishi kutilmoqda. Bunday qor Ispaniya poytaxtida 2009 yildan beri qayd etilmagan.
Ispaniyada noqulay ob-havo tufayli yuzlab yo‘llarda harakatlanish qiyin bo‘lmoqda, ba’zi yo‘llar yopilgan. Bundan tashqari, temir yo‘l harakati ham qisman to‘xtatilgan.