Madrid Kiyevga 1 mlrd yevrolik harbiy yordam va’da qildi

Olam

image

Ispaniya hukumati 2024 yilda Ukrainaga 1 milliard yevro harbiy yordam ajratishga va’da berdi. Bu haqda qirollik Bosh vaziri Pedro Sanches Madridda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan qo‘shma matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

Siyosatchilar ikki tomonlama xavfsizlik shartnomasini imzoladi.

“Shartnoma, shuningdek, ushbu 2 yillik urush davomida Ispaniya tomonidan ko‘rsatilgan muhim yordamni va 2024 yil uchun 1 milliard yevro miqdorida harbiy yordam ko‘rsatish majburiyatini o‘z ichiga oladi, bu esa Ukrainaga o‘z imkoniyatlarini mustahkamlash imkonini beradi”, dedi Sanches.

“El Pais” nashrining yozishicha, kelishuv keng turdagi harbiy texnika, jumladan Patriot raketalarining yangi partiyasi, 19 ta Leopard 2A4 tanki, shuningdek, Ispaniyada ishlab chiqarilgan katta miqdordagi materiallarni yetkazib berishni o‘z ichiga oladi.

30 iyungacha Ukrainaga ba’zi qurollar, jumladan, raketalar va tanklar yuborilishi kutilmoqda. Qurollarning muhim qismi ispan kompaniyalari tomonidan ishlab chiqariladi, shuning uchun ularni yetkazib berish ishlab chiqarish tugaguniga qadar kechiktirilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy amaliy tashrif bilan Madridga borgani, uni aeroportda Ispaniya qiroli Filipp VI kutib olgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Vladimir Zelenskiy Ispaniya Pedro Sanches

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made