“Madaniyat va ma’rifat” telekanaliga yangi direktor tayinlandi

Madaniyat-san’at

image

Vohid Luqmonov O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining "Madaniyat va ma’rifat" telekanaliga direktor etib tayinlandi.

U ushbu lavozimga tayinlangunga qadar u "Dunyo bo‘ylab" telekanalining direktori vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Vohid Luqmon 2012-2016 yillarda ham "Madaniyat va ma’rifat" telekanalga rahbarlik qilgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, Vohid Luqmon 1974 yili Samarqand viloyatining Payariq tumanida tug‘ilgan. Ilk she’rlari 1992 yili “Ma’rifat” gazetasida chop etilgan. “Mujda” nomli to‘plami nashr etilgan.

U 1998 yili Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Davlat universitetining Jurnalistika fakultetini bitirgan.


Maqola muallifi

Teglar

"Madaniyat va ma'rifat" telekanali Vohid Luqmon

Baholaganlar

138

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar