Madaniyat sohasi yana bir vakilini yo‘qotdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, xonanda va shifokor Avazbek Mahmudov olamdan o‘tdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.

Avazbek Mahmudov qo‘shiqchilik san’atida o‘z muxlislariga ega bo‘lgan serqirra ijodkor edi. Bu inson qo‘li yengil shifokor sifatida ham ko‘plarning mehrini qozongandi. 

Marhum Avazbek Mahmudov 1952 yil Andijon viloyatining Andijon shahrida tug‘ilgan. 1975 yil Andijon davlat tibbiyot institutini tugatgan. Malakali shifokor sifatida uzoq yillar institut klinikasida davolovchi shifokor, 2006 yildan shu kunga qadar esa Andijon davlat universiteti musiqa ta’limi kafedrasi konsertmeystri sifatida ishlagan. Xonandaning “Oq ro‘molli qizlar”, “Ko‘zingdan”, “Yor yoriga munosib”, “Shahrimga kel”, “Ra’no kulib”, “Kelmadingiz” kabi qo‘shiqlari mashhur bo‘lgan.

QALAMPIR.UZ tahririyati a’zolari marhumning yaqinlari va oila a’zolariga hamdardlik bildiradi.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

354

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing