Madaniy meros ob’ektlariga hurmatsizlik uchun javobgarlik belgilanmoqda

Jamiyat

image

O‘zbekistonda madaniy meros ob’ektlariga hurmatsizlik qilish, tahqirlash, shikast yetkazish va mazax qilish uchun javobgarlik belgilanmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Senati Matbuot xizmati xabar berdi.

Bugun, 26 avgust kuni Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasining majlisida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksni 64¹-modda bilan to‘ldirish masalasi ko‘rib chiqilgan.

Modda bilan moddiy madaniy meros ob’ektlariga nisbatan hurmatsizlik bilan munosabatda bo‘lish, ya’ni moddiy madaniy meros ob’ektlariga yozuvlar yozish, rasmlar chizish yo‘li bilan ularni tahqirlash yoki ularga shikast yetkazish, moddiy madaniy meros ob’ektlarini, shu jumladan ularning tarixiy, ilmiy, badiiy yoxud o‘zgacha madaniy qimmatiga dog‘ tushiruvchi yoki ularni masxara qiluvchi harakatlarni sodir etish, xuddi shuningdek moddiy madaniy meros ob’ektlariga nisbatan jamoat tartibini buzuvchi harakatlarni sodir etganlik ma’muriy huquqbuzarlik sifatida qayd etilib, javobgarlik belgilanmoqda.

Bundan tashqari, Jinoyat kodeksining 168-moddasiga o‘zgartirish kiritilib, axborot tizimidan, shu jumladan, axborot texnologiyalaridan foydalangan holda firibgarlik jinoyatlarini sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda.

Shuningdek, majlisda “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi Qonun ham muhokama qilindi.

Qayd etilishicha, mazkur qonun bilan yuridik shaxslarga elektron raqamli imzodan foydalanish imkoniyati yaratilmoqda, shu bilan birga, davlat xizmatlari ko‘rsatilishida xalqaro elektron raqamli imzodan hamda O‘zbekiston Respublikasi norezidentlariga elektron raqamli imzodan foydalanishga ruxsat etilmoqda.

Senatorlar, qo‘mita huzuridagi ekspert guruhi hamda qonun tashabbuskorlari bilan bo‘lib o‘tgan muhokamalardan so‘ng qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

8

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing