Madaniy meros agentligining asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi

Jamiyat

image

Madaniy meros agentligi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi. Bu haqda joriy yilning 1 iyun kuni qabul qilingan Prezidentning “Ma’muriy islohotlar doirasida madaniy meros sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida keltirilgan.

Unda qayd etilishicha, Madaniy meros agentligi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va tashkiliy tuzilmasi, agentligining xususiy sektorga beriladigan funksiyalari ro‘yxati hamda mazkur sohada islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” belgilandi.

Shuningdek, madaniy meros ob’ektlari restavratsiyasi direksiyasi va Madaniy meros ob’ektlarini asrash va turizm hududlarining master-rejalari bo‘yicha loyihalashtirish instituti Madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti deb qayta nomlangan holda agentlik tizimiga o‘tkazilmoqda.

Qarorga ko‘ra, quyidagilar Madaniy meros agentligi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:

  • moddiy madaniy meros va muzeylar sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, unda ishtirok etuvchi davlat organlarining ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • moddiy madaniy meros ob’ektlari, madaniy boyliklar, muzey ashyolari va kolleksiyalarini aniqlash, ularning davlat hisobini yuritish hamda sohada ta’sirchan davlat nazoratini amalga oshirish;
  • moddiy madaniy meros va muzeylar sohasiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish, ularga oid ma’lumotlarning barcha uchun ochiq bo‘lishini ta’minlash;
  • madaniy merosimizning jahon madaniy makoniga integratsiyalashuviga ko‘maklashish va ularni keng ommalashtirish;
  • ilg‘or xorijiy tajribalar asosida muzeylarni kompleks rivojlantirish va boshqalar.

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing