Ortiqxo‘jayevga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Furqat Sidiqxo‘jayevich Mahmudxo‘jayev Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari – Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, ushbu lavozimda ish boshlagan Furqat Mahmudxo‘jayev uzoq yillar davomida davlat va jamiyat boshqaruvi tizimida faoliyat yuritib kelgan.

U 1965 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1989 yil Toshkent davlat texnika universitetini tugatgan. 

Ko‘p yillar davomida Toshkent shahar Mahallalar kengashi boshqaruvi raisi bo‘lib ishlagan. 2019 yil fevral oyidan hozirgi kunga qadar Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati rahbari – matbuot kotibi, hokimning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

386

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing