Mahmud Murodovning jangi bekor qilindi

Sport

image

UFC o‘rta vazn toifasi jangchisi Mahmud Murodovning joriy yil 26 fevral kuni Latviya vakili Misha Sirkunovga qarshi jangi bekor qilindi. Bu haqda Murodovning o‘zi Instagram sahifasi orqali xabar berdi.

Qayd etilishicha, Murodov mashg‘ulotlar vaqtida qo‘lidan olgan jarohati sababli to‘qnashuv bekor bo‘lgan. 

“Assalomu alaykum. Men qayg‘uli xabarni siz bilan bo‘lishmoqchiman, afsuski, mashg‘ulotlarda qo‘limdan jarohat oldim. Muayyan tekshiruvdan so‘ng, tiklanish jarayoni qancha davom etishi aniq bo‘ladi. Raqibim, UFC va barcha muxlislarimdan uzr so‘rayman. Men 26 fevral kuni jang qilishni juda xohlagan edim, puxta tayyorgarlik ko‘rdim, afsuski, jarohat ham peshonamizda bor ekan. Bu jang martga ko‘chirilsa, xursand bo‘lardim. Yana bir bor barchadan uzr so‘rayman. Bu sport va ba’zi holatlarda biz shunchaki ojizmiz. Xudo xohlasa, tiklanib yanada kuchliroq bo‘lib qaytamiz", deya yozgan Mahmudov.

Eslatib o‘tamiz, Murodov UFC'da 4 ta jang o‘tkazib, 3 g‘alaba va bitta mag‘lubiyat qayd etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

684

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing