Mahmud Murodovning yangi jangi uchun treyler namoyish etildi (video)
Sport
−
19 Sentabr
10163O‘zbekistonlik sobiq UFC jangchisi Mahmud Murodovning Oktagon ligasidagi bo‘lajak jangi uchun treyler taqdim etildi.
Treyler videoda Murodov yakkakurashlarga xos xatti-harakatlarni amalga oshiradi va go‘yoki uning harakatlaridan atrofda yer silkinishlari kuzatiladi.
34 yoshli Murodovning jangi Chexiyaning Brno shahrida o‘tkaziladigan Oktagon MMA 61 turniri doirasida bo‘lib o‘tadi. 21 sentyabr kuni o‘tkaziladigan janglarda Murodovga angliyalik Skott Askxem raqiblik qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mahmud Murodov Chexiyada yashash huquqidan mahrum bo‘lgani xabar qilingandi.