Mahmud Murodovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodovning navbatdagi jangi qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqida buxorolik jangchi Instagramdagi sahifasida e’lon qildi.

Xabarga ko‘ra, Mahmud 2021 yil 28 avgust kuni Jerald Mirshertga qarshi jang o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, Mirshert MMAdagi faoliyati davomida 46 ta jang o‘tkazgan va ularning 32 tasida g‘alaba qozonib, 14 ta jangda mag‘lub bo‘lgan.

Jerald faoliyati davomida Kevin Xolland, Xamzat Chimayev kabi raqiblarga qarshi jang o‘tkazib, mag‘lubiyatga uchragan edi.

Eslatib o‘tamiz, Mahmud Murodov UFC’da 3 jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan.


Maqola muallifi

Teglar

Mahmud Murodov

Baholaganlar

877

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing