Mahmud Murodovning debyut jangidan olgan daromadi ma’lum qilindi
Sport
−
30 Sentabr 2019
10003Avval xabar berganimizdek, shu yilning 28 sentyabr kuni Daniya poytaxti Kopengagen shahrida navbatdagi UFC kechasida o‘zbekistonlik Mahmud Murodov UFCda debyut jangini o‘tkazib, raqibi italiyalik Alessio Di Chirikoni ochkolar hisobida mag‘lub etgandi.
Bugun, 30 sentyabr kuni Mahmud Murodovning ushbu jangdan qancha gonorar olgani e’lon qilindi.
Murodov ilk jangi uchun kafolatlangan 10 ming dollar, shuningdek, bahsda g‘alaba qozongani uchun yana 10 ming dollarga ega bo‘ldi. "Rebook" bilan imzolangan shartnoma uchun qo‘shimcha 3 ming 500 dollarga ega chiqdi.
Umumiy hisobda, Mahmud Murodov Alessio Di Chirikoga qarshi debyut jangidan 23 ming 500 dollar ishlab oldi.
LiveBarchasi