Mahmud Murodov UFC’dan ketdi

Sport

image

O‘zbekiston tarixidagi birinchi UFC jangchisi Mahmud Murodov tashkilotdan ketdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Murodov UFC jangchilari ro‘yxatidan chiqarilgan. Sportchining o‘zi bu ma’lumotni tasdiqladi.

Murodov UFC jangchilari ro‘yxatidan chiqarilganining sababi hozircha aniq emas. Sportchining aytishicha, hozir Murodovning tashkilotdan chetlatilishi sababini aniqlash ustida ish olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, 34 yoshli Mahmud Murodov shu vaqtga qadar UFCʼda 6 ta jang o‘tkazib, 3 tasida g‘alaba qozongan, 2 marta mag‘lubiyat alamini tatib ko‘rgan. Murodovning 1 ta jangi esa o‘tkazilmagan, deb qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Mahmud Murodov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made