Mahmud Abbos Turkiya parlamentida nutq so‘zlaydi

Olam

image

Falastin rahbari Mahmud Abbos Turkiya parlamentida nutq so‘zlamoqchi. Bu haqda Falastinning Anqaradagi elchisi Faed Mustafo WAFA nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, Falastin rahbari Turkiya parlamenti raisidan parlamentda chiqish qilish uchun rasmiy taklif olgan. Hozirda diplomatik kanallar orqali Abbosning nutqi sanasini aniqlash ustida ish olib borilmoqda.

Shuningdek, Falastin elchisi ikki mamlakat va xalqlar o‘rtasidagi munosabatlar chuqurligini qayd etib, Turkiyaning Falastin huquqlarini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish borasidagi pozitsiyasini yuqori baholadi.

Ma’lumot uchun, Falastin rahbari Mahmud Abbos turk tomonining respublika parlamentida so‘zlashish taklifiga javob bermagan. Avvalroq Turkiya Prezidenti Falastin rahbarini Anqara tashabbusiga e’tibor bermagani uchun uzr so‘rashga chaqirgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiya bir paytlar Qorabog‘ va Liviyaga kirganidek, Isroilga ham kirishi mumkinligini aytgandi. Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu esa AQSH Kongressida chiqish qilgandi.

Azizbek Eshmamatov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing