Mahkumlarning pensiyasi ularning shaxsiy hisobvaraqlariga tushadi

Jamiyat

image

Kecha, 12 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga pensiya tayinlash (qayta hisoblash, tiklash, pensiyaning bir turidan boshqa turiga  o‘tkazish) to‘g‘risidagi ariza bevosita manzil-koloniya joylashgan yerdagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga beriladi.

Bunda, mazkur shaxslarga pensiya to‘lovi Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari tomonidan manzil-koloniya ma’muriyati orqali mahkumlarning shaxsiy hisobvaraqlariga naqd pulsiz o‘tkazib beriladi.

Ilgari nizomda ushbu qoidalar aks etmagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

20

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing