Mahkumlarning oylik maoshlari qancha? Ichki ishlar vaziri ma’lumot berdi
Jamiyat
−
19 dekabr 2019
10454O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov "Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash - xalq farovonligi va davlat taraqqiyotining kafolati" mavzusida munozara klubi sessiyasida eski Toshturma va 3 ta yopiq koloniya haqida gapirdi. U mamlakatda so‘nggi uch yildagi afv etilgan mahkumlar sonini ham ochiqladi.
“Yopiq turdagi koloniyalarda saqlanayotgan mahkumlarga telefon so‘zlashuvi, jo‘natma va uchrashuvlar olishi huquqi doirasi qariyb ikki barobarga kengaytirildi. Sohada mahkumlar uchun xalqaro standartlarga javob beradigan sharoit yaratish masalalariga e’tibor qaratilmoqda.
Toshkent shahrida boshida qurilgan va qamoqqa olingan shaxslarni saqlash talablariga javob bermaydigan eski tergov hibsxonasi (Toshturma) yopildi. Uning o‘rniga, Zangiota tumanida zamonaviy yangi tergov hibsxonasi qurilib, 2018 yilning yanvaridan boshlab foydalanishga topshirildi. Shuningdek 3 ta yopiq turdagi koloniya faoliyati to‘liq tugatildi. Jumladan, “Jasliq koloniyasi” ham.
Xususan, mehnatga layoqatli mahkumlarning 88 foizi uchun mehnat qilishiga sharoit yaratildi, ularning ish haqi o‘rtacha 1 mln so‘mgacha yetkazildi va ular tomonidan o‘z oilalariga jami 16 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ jo‘natilishi ta’minlandi”, – deya ma’lum qildi ichki ishlar vaziri.
LiveBarchasi