Mahkumlarni jazoni o‘tash uchun manzil-koloniyaga o‘tkazish tartibi bekor qilinadi

Jamiyat

image

Mazkur qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga yo‘llagan Murojaati va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 fevraldagi PF-6155-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 23 va 30-bandlarida belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan.

Qonun loyihasini qabul qilish zarurati quyidagilar bilan izohlangan:

birinchidan, jazoni ijro etish tizimiga insonparvarlik tamoyillarini keng tadbiq etish;

ikkinchidan, jazoni ijro etish tizimi ochiqligi va shaffofligi ustidan jamoatchilik nazorati rolini oshirish;

uchinchidan, mahkumlarni ahloqan qayta tarbiyalash, jinoyatchilikning oldini olish, ijtimoiy-psixologik va tarbiyaviy ish samaradorligini oshirish;

to‘rtinchidan, mahkumlarning huquqlari doirasini kengaytirish
va ularning ozodlikka chiqqanidan so‘ng nafaqa ta’minoti kafolatlarini kuchaytirish.

Loyiha O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni, Jinoyat, Jinoyat-ijroiya va Soliq kodekslariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishini nazarda tutadi. 

Jumladan:

birinchidan, mahkumlarni jazosini yengilrog‘i bilan almashtirish yoki jazodan shartli ozod qilishga taqdim etuvchi Insonparvarlik komissiyasini tashkil etilishi, komissiya vakolatlari, asosiy vazifalari, faoliyati
va tarkibini belgilash;

ikkinchidan, ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarni jazodan ozod etilganidan so‘ng pensiya ta’minoti kafolatini kuchaytirish maqsadida mahkumlarga yagona ijtimoiy soliqni har oyda ixtiyoriy ravishda to‘lab borish huquqini taqdim etish;

uchinchidan, ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarni jazoni o‘tash uchun manzil-koloniyaga o‘tkazish tartibini bekor qilish;

to‘rtinchidan, mahkumlar jazosini yengilrog‘i bilan almashtirish tartibiga o‘zgartirish kiritish.

Qonun loyihasining qabul qilinishi:

birinchidan, xalqaro standart va ilg‘or xorijiy tajribani milliy xususiyatlar hamda sharoitni hisobga olgan holda jinoyat va jinoyat-ijroiya qonunchiligiga implementatsiya qilish orqali qonunchilikni yanada takomillashtirilishini;

ikkinchidan,  jinoyat va jinoyat-ijroiya qonunchiligining asosiy tamoyillarini mustahkamlash, mahkumlarni ahloqan tuzatishning ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari doirasini kengaytirilishini; 

uchinchidan, jazoni ijro etish tizimi ochiqligi va shaffofligi ustidan jamoatchilik nazorati rolini takomillashtirilishini;

to‘rtinchidan, mahkumlarda qonunga itoatkor xulqni shakllantirish va ular tomonidan jinoyatlar sodir etilishini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligi oshishini ta’minlaydi.

Loyihaning qabul qilinishi O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan qo‘shimcha mablag‘lar ajratilishini talab qilmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

198

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing