Mahkumlar bilan uchrashuvga qo‘yilgan cheklov bekor qilindi

Jamiyat

image

Mahkumlar va tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslarning qarindoshlari bilan qisqa muddatli uchrashuvlariga epidemik vaziyat sabab qo‘yilgan cheklovlar bekor qilindi. Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar berdi.

Koronavirus infeksiyasining yanada keng tarqalishining oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasiga Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining joriy yil iyul oyidagi qarori bilan jazoni ijro etish koloniyalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar hamda tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslarga qarindoshlari bilan uzoq muddatli uchrashuv berilishi vaqtincha to‘xtatilgan edi.

Keyinchalik mamlakatdagi epidemik vaziyatni hisobga olib, ular o‘rtasida koronavirus tarqalib ketishining oldini olish maqsadida qisqa muddatli uchrashuv berilishini vaqtincha to‘xtatish to‘g‘risidagi takliflar ham ma’qullangandi.

Co‘nggi kunlarda O‘zbekistonda epidemik holat barqarorlashayotganini inobatga olib, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan jazoni ijro etish koloniyalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar hamda tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslar bilan qisqa muddatli uchrashuvga qo‘yilgan vaqtinchalik taqiqlar bekor qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

213

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing