Mahallalarda xotin-qizlar faoli lavozimi tashkil etiladi
Jamiyat
−
01 mart 2022
10074O‘zbekistondagi har bir mahallada xotin-qizlar faoli lavozimi yangidan joriy qilinadi. Bu haqda mamlakat rahbari Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yangi bosqichga ko‘tarish va ayollarning jamiyatdagi o‘rnini yanada yuksaltirish va mustahkamlash, shuningdek, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, oilaviy zo‘ravonlikning oldini olish, gender tenglikni qaror toptirishga qaratilgan muhim chora-tadbirlar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ayni paytdagi 9 ming 309 ta mahalla raisining xotin-qizlar va oila bo‘yicha o‘rinbosarlari lavozimlari ham qo‘mita tizimiga o‘tkaziladi va har bir mahallada xotin-qizlar faoli lavozimi yangidan joriy qilinadi.
Hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari qanday konkurs bilan tanlangan bo‘lsa, mahallalardagi xotin-qizlar faollari ham shunday ochiq konkurs asosida, tajribali, obro‘-e’tiborli, tadbirkor ayollar orasidan lavozimiga qo‘yiladi.
Ya’ni, mahallada endi yaxlit tizim tashkil etiladi.
Bundan buyon:
• hokim yordamchisi kambag‘allikni qisqartirish va yangi ish o‘rinlari yaratishga;
• yoshlar yetakchisi yoshlar siyosati va yoshlar balansiga;
• xotin-qizlar bo‘yicha mas’ul esa, ayollar masalasi va ularning dardu-tashvishi ishlashga javob beradi.
Ushbu 3 ta yo‘nalish bo‘yicha, ularning aniq moliyaviy mablag‘lari bo‘ladi.
LiveBarchasi