Mahallalarda issiq ovqat tarqatish punktlari tashkil etiladi

Jamiyat

image

Mahallalarda issiq ovqat tarqatish punktlari tashkil etiladi. Bu haqda bugun, 16 yanvar kuni Prezident huzurida energiya resurslari ta’minoti yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Unda “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan yolg‘iz qariyalar, ko‘p farzandli ehtiyojmand oilalarga issiq kiyim, oziq-ovqat tarqatish, eng og‘ir hollarda ularni sharoiti bor joylarga joylashtirish, mahallalarda issiq ovqat tarqatish punktlarini tashkil etish topshirildi.

Prezident tomonidan har bir dehqon bozorida sharoitlarni yaxshilash va narx-navoni tartibga solish, yirik korxonalar, ijtimoiy ob’ektlar rahbarlari xodimlarini uyushgan holda ishga olib kelishga avtobus qatnovlarini tashkil etish vazifasi qo‘yildi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev mas’ullarga uyma-uy yurib aholidan xabar olish bo‘yicha topshiriq bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing