“Mahallabay” hokim yordamchisiga uy olishda imtiyoz beriladi

Jamiyat

image

Bugun, 2 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturi ijrosini samarali tashkil etish, ipoteka kreditlashni kengaytirish va qurilish materiallari sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida har bir mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, bandlikni ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi faoliyatini tashkil etish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.

Hokim yordamchilari 1 yanvardan barcha mahallalarda faoliyatini boshlaydi. Ularning ishini samarali tashkil etish maqsadida:

•    bir yil davomida doimiy faoliyat yuritadigan “Mahallabay ishlash shtabi” tuziladi;

•    har bir tuman va shaharga vazirlik, markaziy idoralar va banklardan 1-3 nafardan mas’ul xodim biriktiriladi. Ular 1 yilga tumanga xizmat safariga yuboriladi va ish joyi, oylik ish haqi saqlab qolinadi;

•    o‘zini yaxshi ko‘rsatgan hokim yordamchilari va respublika vakillari mukofotlanadi, yil natijalari bo‘yicha esa “Yangi O‘zbekiston islohotchisi” ko‘krak nishoniga tavsiya qilinadi;

•    ularga ipoteka asosida kvartira olishda 50 foizgacha subsidiya ajratiladi;

•    Bosh vazir qabulxonalari va Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi negizida Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda tuman (shahar)larda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari tashkil etiladi.

“Ushbu tizimni samarali yo‘lga qo‘yishga barcha hudud va sektor rahbarlari mas’ul”, dedi davlatimiz rahbari so‘zining yakunida.

Tanqidiy ruhda o‘tayotgan yig‘ilishda tegishli soha va hududlar rahbarlari Prezidentga axborot berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

497

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing