Mahalla raislari va uchastka nozirlarini majlisga chaqirish taqiqlanadi – Prezident
Jamiyat
−
10 fevral 2021
7462Endilikda mahalla raislari va uchastka nozirlarini hokimiyatga majlisga chaqirish qat’iyan taqiqlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Davlat dasturida rejalashtirilgan vazifalar bo‘yicha videoselektorda ma’lum qilgan.
Prezidentga ko‘ra, joriy yilda 500 ming nafar yoshlar va 200 ming nafar ayollarni ish bilan ta’minlash hamda “Temir daftar”ga kirgan 300 ming nafar kishini kambag‘allikdan chiqarish lozim.
Og‘ir ahvoldagi 970 ta mahallaning yo‘li, ichimlik suvi va elektr ta’minoti, irrigatsiya tarmog‘i yaxshi bo‘lishini, daromad manbalari ko‘payishi kutilyapti.
“Temir intizom kerak. Har qanday majlisbozlikni yig‘ishtirish kerak. Yig‘ilishlarni faqat mahallalarda o‘tkazinglar, xalq bilsin. Bosh vazirga topshiriq – mahalla raislari va uchastka nozirlarini hokimiyatga majlisga chaqirish qat’iyan taqiqlanadi”, deydi Prezident.
LiveBarchasi