Myanmada yana fojia: nefrit konidagi ko‘chki oqibatida 100 yaqin odam bedarak yo‘qoldi

Olam

image

Kecha, 21 dekabr kuni Myanmadagi nefrit konida ko‘chki sodir bo‘ldi. Buning oqibatida 100 ga yaqin odam bedarak yo‘qolgan. Bu haqda BBC nashri ma’lumot bermoqda.

Ko‘chkidan keyin bedarak yo‘qolganlarning aksariyati noqonuniy konchilar bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Bir kishining vafot etgani tasdiqlandi. Ko‘chki Shimoliy Kachin shtatining Hpakant hududida sodir bo‘lgan.

Ko‘chkiga yuk mashinalari tashlab ketgan qum uyumlari  miqdori ortib ketishi sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Hpakant va unga yaqin joylashgan Lone Khin shahridan 200 ga yaqin kishidan iborat ko‘ngillilar qidiruv-qutqaruv ishlariga qo‘shilgan. Yaqin atrofdagi ko‘lda bedarak yo‘qolganlarni qidirish uchun qayiqlardan foydalanilmoqda.
 
Qutqaruv guruhi a’zosi Ko Nyi 100 ga yaqin odam bedarak yo‘qolgan bo‘lishi mumkinligini tasdiqlagan.

“Biz 25 nafar yaradorni shifoxonaga yubordik, biri kishining jasadini topdik”, degan u.

Hpakantda nefrit qazib olish taqiqlangan, ammo mahalliy aholi ish joylari yo‘qligi va COVID-19 pandemiyasi sababli yuzga kelgan yo‘qchilik tufayli qoidalarni buzadi.
 
Ma’lumot o‘rnida, Myanma nefritning jahondagi eng katta manbasi hisoblanadi. Biroq mamlakatdagi shaxtalarda ko‘plab baxtsiz hodisalar sodir bo‘ladi. Ularning aksariyati qimmatbaho toshni izlayotgan odamlar bilan bog‘liq.

2020 yilda 160 dan ortiq odam, aksari migrantlar, Hpakantda nefrit qazib olishdan hosil bo‘lgan chiqindilarning qulashi oqibatida halok bo‘lgandi.
 
Myanmaning nefrit eksportidan oladigan yillik daromadi 30 milliard dollardan oshadi, Hpakantda dunyodagi eng yirik nefrit koni joylashgan.

Doston Iskandarov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

37

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing