Myanma aeroportida samolyot halokatga uchradi
Olam
−
09 may 2019 7083 1 daqiqa
“Biman Bangladesh Airlines” aviakompaniyasiga tegishli Bombardier Dash 8 Q400 samolyoti Myanmadagi Yangon aeroportiga qo‘nish chog‘ida halokatga uchragan.
Dhaka Tribune ma’lumotiga ko‘ra, hodisa sabab 19 kishi jabrlangan. Nashrning yozishicha, samolyot bortida 31 kishi bo‘lgan. Ular Bangladesh, Myanma, Kanada, Xitoy, Hindiston, Fransiya va Shveysariya davlatlari fuqarolari bo‘lishgan.
France-Presse agentligining xabariga ko‘ra esa, 11 kishi jarohat olgan. "Uchuvchi, bort kuzatuvchisi va 9 yo‘lovchi yengil tan jarohati olgan", - deb xabar bermoqda agentlik samolyotning uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketib yerga qulaganiga guvoh bo‘lgan politsiya xodimiga tayanib.
“Bu hodisa uchinchi terminalning yonida sodir bo‘ldi. Natijada samolyotning tumshug‘i va qanotlariga jiddiy zarar yetdi", – dedi politsiya xodimi.
“Biman Bangladesh Airlines”ga tegishli samolyot Bangladesh poytaxti Dakkadan parvozni amalga oshirgan edi. Samolyot uchuvchisi Yangon aeroportiga qo‘nishni yakunlayotgan vaqtda kuchli shamol va jala tufayli uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketgan.
Ma’lum bo‘lishicha, aeroport yomon ob-havo sabab vaqtincha yopib qo‘yilgan. Barcha reyslar poytaxtdagi Neypido aeroporti orqali amalga oshirilmoqda
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025