Menni Pakyao amerikalik Kit Turmanga qarshi 20 iyulda ringga chiqadi

Sport

image

Filippinlik boks ustasi Menni Pakyao 20 iyul kuni amerikalik Kit Turman bilan jang o‘tkazadi. Bu haqda Pakyao Twitter orqali ma’lum qilgan.

Jangda g‘olib bo‘lgan bokschi 66,68 kilogramm vazn toifasida Butunjahon boks federatsiyasi (WBA) chempionlik kamarini qo‘lga kiritadi.

Turman WBA “super” yengil vazn toifasida jahon chempioni, Pakyao esa – doimiy chempion hisoblanadi.

Pakyao hozir 40 yoshda va u bugunga qadar sakkiz vazn toifasida mutlaq jahon chempioni hisoblanadi. Filippinik bokschi professional boksda 70 jang o‘tkazgan. Ularning 61 tasida 39 nokaut bilan g‘alaba qozongan va 7 marotaba mag‘lub bo‘lgan. Shuningdek, ikkita jangida murosa ko‘chasini tanlagan. 

Bokschi o‘zining so‘nggi jangini amerikalik Edriyen Bronerga qarshi o‘tkazgan va hakamlarning qaroriga ko‘ra g‘alaba qozongan. 

Amerikalik bokschi Kit Turman 30 yoshda bo‘lib, professional ringda 30 jang o‘tkazgan va ularning 29 tasida g‘alaba qozongan (22 nokaut) va  bitta jangda mag‘lub bo‘lgan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

boks Pak'yao

Baholaganlar

14

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing