Lyaport “Barselona”ga o‘tishi mumkin

Sport

image

Ispaniya terma jamoasi va “Atletik” klubi himoyachisi Emerik Lyaport faoliyatini “Barselona”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda “Diario SPORT” nashri xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Kataloniya klubi futbolchining vakillari bilan allaqachon bog‘langan. Joriy haftada muzokaralarning navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tgan.

Lyaportning o‘zi ham “ko‘k-anorranglilar” safiga o‘tish variantiga ijobiy munosabat bildirmoqda. Shu bilan birga, uning shartnomasidagi tovon puli 15 million yevrodan kamroqni tashkil qiladi.

Emerik Lyaport 2025 yilda “Al-Nasr”dan “Atletik”ka 10 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Himoyachi 2025-2026 yilgi mavsumda Bilbao jamoasi safida barcha musobaqalar doirasida 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, Lyaport Ispaniya terma jamoasi bilan 2026 Jahon chempionligini ham qo‘lga kiritdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing