Lutfulla Sa’dullayev og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi
Madaniyat-san’at
−
05 aprel 2022
46106O‘zbek teatr va kino san’atining yirik namoyandasi, O‘zbekiston xalq artisti Lutfulla Sa’dullayev kasallik sabab shifoxonaning Jonlantirish bo‘limiga yotqizildi. Bu haqda uning kenja qizi Muqaddas Sa’dullayeva ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali xabar berib, kuzatuvchilaridan otasining oyoqqa turishi uchun duo qilishlarini so‘radi.
“Iltimos, qadrdonlarim adajonim uchun duoda bo‘linglar, hozir jonlantirish bo‘limidamiz, ahvollari jiddiy. Ramazon oyida sizdek yaxshilarning muhtojmiz”, deb yozadi aktyorning qizi.
Ma’lumot uchun, Lutfulla Sa’dullayev 1940 yil 18 dekabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1965 yil Toshkent teatr va rassomchilik san’at institutini tugatgan. 1963 – 2007 yillarda Yosh tomoshabinlar, Abdulla Qahhor nomidagi Satira teatrlarida aktyor bo‘lib faoliyat ko‘rsatgan. Hozirgi kunda Abdulla Qahhor nomidagi Satira teatrlarida ijod qilib kelmoqda.
Faoliyati davomida 200 ga yaqin spektakllarda bir-biridan esdaqolarli rollar ijro etgan. Kino va videofilmlar, televizion miniatyuralar dasturida ijro etgan rollari esa 500 dan ortiqdir. 1968 yilda hamkasbi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulchehra Sa’dullayeva bilan turmush qurgan aktyor – bugun 3 farzandning otasi.
Lutfulla Sa’dullayev uzoq yillik ijodiy faoliyatida davomida o‘z hayoti va ijodidan hikoya qiluvchi, ustozlari, marhum hamkasblari haqidagi xotiralari jamlangan “Qismat”, “O‘kinch”, “Meni kechir...” nomli kitoblarini nashrdan chiqargan.
Eslatib o‘tamiz, Lutfulla Sa’dullayevninsh to‘ng‘ich kuyovi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fathulla Ma’sudov 2020 yilning 30 avgust kuni koronavirus sabab vafot etgan edi.
LiveBarchasi