Lunin “Real”ni tark etmoqchi

Sport

image

Madridning “Real” klubi va Ukraina terma jamoasi darvozaboni Andrey Lunin “qirollik klubi”ni tark etish haqida o‘ylamoqda. Bu haqda “Todofichajes” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 25 yoshli darvozabon belgiyalik Tibo Kurtua soyasida qolishni istamayapti, Tibo tez orada safga qaytadi. 

Lunin “Manchester Yunayted” unga qiziqish bildirayotganidan xabardor va ingliz klubiga o‘tish variantini ko‘rib chiqmoqda. “Mankunianliklar” futbolchiga Madriddagidan ko‘ra foydaliroq shartnoma taklif qilishga tayyor. 

Andreyning “qaymoqranglilar” bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozida tugaydi. Uning bozor qiymati 16 million yevroni tashkil qiladi. Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Lunin 20 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol o‘tkazib yubordi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Andrey Lunin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing