Luksemburg Tashqi va Yevropa ishlari vaziri O‘zbekistonga kelyapti
Olam
−
04 mart 2019
3533Joriy yilning 6 mart kuni Luksemburg Buyuk Gersogligining Tashqi va Yevropa ishlari vaziri Jan Asselborn boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.
Tashrifda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida muzokaralar o‘tkaziladi va tomonlarni qiziqtirgan barcha masalalar bo‘yicha o‘zaro munosabatlarni kengaytirish istiqbollari muhokama qilinadi.
Tashrif doirasida Havo qatnovi bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzolanishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu xususan Luksemburgning “Cargolux” aviakompaniyasi tomonidan 2020 yildan e’tiboran Osiyo mamlakatlariga tranzit orqali tashish uchun “Navoiy” transport markazidan foydalanish rejalari bilan bog‘liqdir.
LiveBarchasi