“LUKOYL” O‘zbekistondagi AYOQSH tarmoqlarini kengaytirmoqda
Biznes
−
04 aprel
6402“LUKOYL” jamoasi poytaxtdan 12 kilometr uzoqlikda Toshkent-Samarqand hududidagi O‘zbekiston M39 avtomagistralida ikkita ko‘p tarmoqli yoqilg‘i quyish shoxobchasini foydalanishga topshirdi. Tantanali ochilish marosimida Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov ham ishtirok etdi.
AYOQSHning umumiy qurilish maydoni ikki gektarga yaqin yerni tashkil etadi. AYOQSH hududi atrofida do‘kon, ovqatlanish joyi, sport va bolalar maydonchasi joylashgan.
“LUKOYL”ning keng funksiyali AYOQSH majmualari xalqaro standartlarga asoslanib, mahalliy va mintaqaviy xususiyatlarni inobatga olgan holda iqlim sharoitiga moslashtirilgan. Bekat hududi namozxona hamda yopiq oynali dam olish ayvoni bilan jihozlangan, shuningdek, milliy taomlarni tayyorlash maqsadida – tandir o‘rnatilgan.
Yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyatini tartibga solish bo‘yicha ishlar xalqaro avtomagistrallardagi transport oqimini hisobga olgan holda amalga oshirildi – sutkaviy 40 mingdan ziyod avtomobillar harakatlanishi inobatga olingan. Toshkentdan O‘zbekistonning eng yirik shaharlaridan biri bo‘lmish – Samarqand yo‘lida haydovchilar dam olishlari va avtomobillariga “LUKOYL” yoqilg‘isining yuqori sifatli turlari, jumladan EKTO-100 yoqilg‘isini quyishlari mumkin bo‘ladi.
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi