“Lukoyl“ MCHJ bahsli holat atayin uyushtirilgan bo‘lishi mumkinligini aytmoqda

Jamiyat

image
“Qo‘ylar podasi... Keting qishlog‘ingizga” – “LUKOYL” mansabdori o‘zbek ishchilarini haqoratlaganiga chora ko‘riladimi? north_east

“Qo‘ylar podasi... Keting qishlog‘ingizga” – “LUKOYL” mansabdori o‘zbek ishchilarini haqoratlaganiga chora ko‘riladimi?

Shu kunlarda “Lukoyl Uzbekistan Opereyting Kompani” MCHJ rahbar xodimi tomonidan Qashqadaryo viloyatida joylashgan Jarquduq majmuasi ishchilari sha’niga haqoratli so‘zlar aytayotgani muhrlangan videolavha tarqaldi. 

Videolavhaga nisbatan ijtimoiy tarmoqlarda turli munosabatlar ko‘paymoqda. Haqoratlarga kerakli chora ko‘rish borasida “Adolat“ SDP hamda “Yuksalish“ umummilliy harakati tomonidan ham munosabat bildirildi. 

“Lukoyl Uzbekistan Opereyting Kompani” MCHJ rahbar xodimining nomaqbul harakatini kompaniya vakili O‘zA muxbiriga qisqacha izohlab berdi. 

“Kompaniyamizda yuz bergan ushbu hodisadan xabardormiz. Ayni damda bu ish yuzasidan tegishli tekshiruvlar olib borilmoqda. Tekshiruv natijalari o‘rganilgach, chora ko‘riladi va bu haqda kompaniyamiz bayonot beradi”, dedi ism-sharifini sir tutgan matbuot xizmati xodimasi.

"Videolavhada haqoratlanganlar va haqoratlayotgan shaxs ma’lum bo‘lishiga qaramay, nima uchun qo‘shimcha tekshiruvlar olib borilmoqda", degan savolga esa matbuot xizmati vakilasi quyidagi javobni berdi:

“Videolavhada hammasi aniq, ravshan bo‘lsa-da, xodimimiz uni qay holatda aytganini aniqlashimiz kerak bo‘ladi. Balki, bu atayin uyushtirilgan bo‘lishi mumkin”, dedi matbuot xizmati xodimasi. 

Yaqin vaqt oralig‘ida ushbu holat yuzasidan “Lukoyl Uzbekistan Opereyting Kompani” MCHJ ning maxsus bayonoti kutilmoqda.

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

LUKOYL

Baholaganlar

48

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar