Lukashenkoning yana bir muxolifi 13 yilga qamaldi

Olam

image

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko va amaldagi hukumatga nisbatan muxolifatchi bloger Eduard Palchisni bugun, 17 dekabr kuni Minsk shahar sudi tomonidan 13 yil qamoq jazosiga hukm qilindi. U Jinoyat kodeksining to‘rt moddasi bilan, jumladan, ommaviy tartibsizliklar uyushtirishda aybdor deb topildi va jazoni qattiq rejimdagi koloniyada o‘tashi belgilandi.

Ma’lumot uchun, Palchis 2020 yilda ommaviy tartibsizliklarni uyushtirganlik uchun qo‘zg‘atilgan jinoiy ish doirasida hibsga olingan. Shu yilning oktyabr oyida unga to‘rtta jinoiy ish bo‘yicha ayblov e’lon qilindi. Bundan tashqari, Minsk sudi blogerning Telegram kanalini ekstremistik deb tan oldi.

Tergov qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, Palchisning jinoiy faoliyati 2016 yilda boshlangan va 2020 yil sentyabrida hibsga olinmaguncha davom etgan. Tergovchilarning fikricha, “Palchisning asosiy quroli u tomonidan yaratilgan va boshqariladigan internet resurslari, jumladan Telegram kanali va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bo‘lib, mamlakat auditoriyasining ko‘pchiligini o‘ziga tortgan va olomon ongini boshqarishda foydalanilgan.

Palchis “adovat qo‘zg‘atishga qaratilgan, og‘ir oqibatlarga olib kelgan harakatlar”, “ommaviy tartibsizliklar uyushtirish”, “jamoat tartibini qo‘pol ravishda buzadigan harakatlarni sodir etish” moddalari bo‘yicha ayblangan.

Avvalroq Belarus muxolifati yetakchisi Svetlana Tixanovskayaning turmush o‘rtog‘i Aleksadr Tixanovskiy 18 yilga ozodlikdan mahrum qilingani haqida xabar bergan edik.

Shahlo Orziyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

43

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing