Lukashenko Putindan qancha qarz so‘rashi ma’lum bo‘ldi
Olam
−
11 fevral 2021
6532Avvalroq, Rossiya va Belarus Prezidentlari Vladimir Putin hamda Aleksandr Lukashenko fevral oyining oxirida Sochida uchrashishi mumkinligi haqida xabar bergandik.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Lukashenko va Putin uchrashuvining bosh mavzusi Minskka ajratiladigan navbatdagi qarz paketi bo‘ladi. Lukashenko Rossiyadan 3 mlrd dollar miqdorida kredit olishni maqsad qilgan.
Muzokaralar 22 yoki 25 fevralda Sochida bo‘lib o‘tishi mumkin.
Manbalarning aniqlik kiritishicha, tomonlar "mablag‘ ajratish bo‘yicha kelishuvga erishishga yaqin". Kredit bo‘yicha foiz, vaqt va miqdor masalalari ham muhokama qilinmoqda.
Qarz bo‘yicha yakuniy qaror ikki Prezidentning yaqinlashib kelayotgan uchrashuvi vaqtida qabul qilinishi istisno qilinmagan.