Lukashenkodan yana bir safsata: Qozog‘iston duch kelgan tahdid postsovet davlatlari uchun ham umumiydir
Olam
−
15 yanvar 2022
6194
Belarus Respublikasi fuqarosi Aleksandr Lukashenko Qozog‘istondagi namoyishlar Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti tomonidan ko‘rilgan choralar sabab rangli inqilobga aylanmaganini aytdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Lukashenkoga ko‘ra, Qozog‘iston oldida paydo bo‘lgan tahdidlar postsovet hududidagi aksariyat davlatlarga xos. Shu bilan birga KXSHTning Qozog‘istondagi faoliyati doirasida amalga oshirgan chora-tadbirlari rangli inqilobga samarali to‘siq bo‘lgan.
“Sizning missiyangiz muvaffaqiyatli yakunlandi. Bu missiyani rangli inqilob deb ataladigan narsaga qarshi kurashda samarali mexanizmining paydo bo‘lishi deb baholash mumkin”, degan Aleksandr Lukashenko Qozog‘istondan kelgan Belarus tinchlikparvar kontingenti bilan uchrashuv chog‘ida.
Lukashenkoning ta’kidlashicha, KXSHTning Qozog‘istondagi operatsiyasi Belarus-Rossiya chegaralari perimetri bo‘ylab qilichni o‘tkirlagan har bir kishi uchun signaldir.
Shuningdek, Lukashenko Qozog‘iston oldida paydo bo‘lgan tahdidlar postsovet hududidagi aksariyat davlatlarga xos, deb hisoblashini ham alohida ta’kidladi.
“Biz do‘st respublikadagi voqealar mustaqil davlatning ichki ishlariga navbatdagi tashqi aralashuv ekanini tushunamiz. Qozog‘iston duch kelgan tahdidlar esa postsovet davlatlarining aksari uchun umumiydir”, deydi u.
Lukashenkoning qayd etishicha, Qozog‘iston avvallari turli qaynoq nuqtalarda jangovar tajribaga ega bo‘lgan, bir nechta tayyorgarlikdan o‘tgan terrorchi guruhlar tomonidan qurolli tajovuzga duch kelgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan bir necha kun avval Lukashenko Qozog‘istondagi hodisalardan qo‘shni O‘zbekiston ham o‘ziga yetarlicha saboq chiqarib olishi kerakligi haqida fikr bildirgan edi.
Uning so‘zlariga javoban O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat har qanday tashqi tahdidlarga qarshi munosib javob qaytara olishini ma’lum qildi.
LiveBarchasi