Lukashenko va Kim Chen In Pxenyanda uchrashdi

Olam

image

Bugun, 25 mart kuni Shimoliy Koreya poytaxti Pxenyanda Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko va KXDR yetakchisi Kim Chen Inning uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda “BelTA” xabar berdi.

“Pxenyanda Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenkoni Koreya Xalq Demokratik Respublikasi Davlat ishlari raisi Kim Chen In tomonidan rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi”, deyiladi xabarda. 

Uchrashuv Kim Ir Sen nomidagi maydonda bo‘lib o‘tgan. Marosim ikki davlat madhiyalarining ijro etilishi, to‘plardan o‘q uzish va rasmiy delegatsiya a’zolarining qutlovini o‘z ichiga olgan. Tadbirga otliq qo‘shin va faxriy qorovul rotasi ham jalb etilgan.

Ma’lumot uchun, bugun, 25 mart kuni Aleksandr Lukashenko rasmiy tashrif bilan KXDRga bordi. Belarus Tashqi ishlar vaziri Maksim Rijenkovning ma’lum qilishicha, tomonlar do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani imzolash niyatida. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, tashrif doirasida jami 10 ga yaqin turli kelishuvlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Aleksandr Lukashenko va Kim Chen In 2025 yil sentyabr oyida Pekindagi paradda ham uchrashgan. O‘shanda KXDR yetakchisi Belarus rezidentini o‘zi uchun qulay vaqtda Shimoliy Koreyaga tashrif buyurishga taklif qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Kim Chen In Aleksandr Lukashenko Pxen'yan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing