Lukashenko O‘zbekiston xalqini Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi

Jamiyat

image

Avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko telefon orqali muloqot qilishi mumkinligi to‘g‘risida xabar bergandik. 

Bugun, 30 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Suhbat avvalida Belarus yetakchisi O‘zbekiston Prezidenti va ko‘p millatli xalqini mamlakat mustaqilligining 30 yilligi bilan samimiy muborakbod etdi.

Davlat rahbari, o‘z navbatida, Belarus Prezidentini tavallud kuni bilan dildan qutlab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Ko‘p qirrali O‘zbekiston-Belarus hamkorligini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari yuqori sur’at bilan ortib borayotgani, ikki mamlakat yetakchi korxona va kompaniyalari, ta’lim muassasalari o‘rtasida muvaffaqiyatli kooperatsiya amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi, shu jumladan Belarus tomoni raisligidagi MDH sammitiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ko‘rib chiqildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

5

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing