Lukashenko Sochida. Putin hamsoyasi bilan dardlashdi
Olam
−
26 Sentabr 2022
6890Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko bilan Sochi shahrida uchrashdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Rossiya va Belarus rahbarlari bir qator masalalarni – mintaqadagi vaziyat, G‘arb bosimi, Moskva va Minsk o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni, qo‘shma loyihalarni muhokama qilgan.
“Vaqt topib barcha masalalarni muhokama qilish uchun kelganingizdan juda xursandman. Savollar juda ko‘p. Ular mintaqadagi vaziyatga ham taalluqlidir va biz avvalroq muhokama qilgan qator sohalardagi iqtisodiy masalalar ham kam emas. Bular kimyo, oziq-ovqat, o‘g‘itlar sohasidagi rejalarimiz bilan bog‘liq masalalar”, deydi Rossiya Prezidenti.
Uning ta’kidlashicha, G‘arb hamon Belarus o‘g‘itlarini jahon bozorlariga yetkazib berishga to‘sqinlik qilmoqda.
“Juda g‘alati, chunki jahon bozorlari, ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlar ushbu mahsulotlarga juda muhtoj”, deydi Putin.
Shuningdek, u Yevropa Rossiya va Belarusga hurmat bilan munosabatda bo‘lishlari kerakligini aytib o‘tgan.
“Rossiyada ularga kerak hamma narsa bor. Ularda esa biz ulardan sotib oladigan narsamiz bor: texnologiya va boshqalar. Ularga yana nima kerak? Biz faqat mas’uliyatli qarorlar qabul qilishimiz kerak”, deya javob qaytargan Lukashenko.
Farangiz Salimova
LiveBarchasi