Lukashenko Olimpiya o‘yinlarida shov-shuv ko‘targan belaruslik sportchi haqida gapirdi

Olam

image

Xabaringiz bor, belaruslik sportchi Kristina Timanovskaya sport amaldorlarini tanqid qilgani uchun, o‘ziga nisbatan bosimlar bo‘lgani va majburlab Yaponiyadan olib chiqib ketilayotganini aytib, Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasiga yordam berishlarini so‘rab murojaat qilgan edi. 

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlari paytida sportchi Kristina Timanovskaya bilan  yuz bergan  holatga munosabat bildirdi. 

“Timanovskayaga 2020 yil Prezident stipendiyasi berilgan edi. Bundan tashqari uni Milliy olimpiya terma jamoasi tarkibiga kiritgandik.  U mustaqil fikr yuritmayapti. Agar kimdir tomonidan nazorat qilinmaganida o‘zi bunday fikr yuritmas edi. Aeroportga uni hech kim majburlab olib bormagan", deydi Lukashenko.

Avvalroq, Timanovskaya Belarus sport amaldorlarini tanqid qilgan. Buning sababini esa bir nechta kuchli sportchilar rahbarlarning xatolari tufayli Olimpiya o‘yinlarida qatnasha olmagani bilan izohlagan.

Shundan so‘ng, sportchini Yaponiyadan majburan olib ketishgan. Belarus yengil atletika terma jamoasi murabbiylar shtabi Kristina Timanovskaya Tokio Olimpiadasida ishtirok etmasligini ma’lum qilishgan. 200 metrlik saralash poygalari va 4x400 metrli estafetada qatnashish uchun topshirilgan arizalar qaytarib olingan. Shifokorlarning fikriga ko‘ra, sportchi “hissiy va psixologik holati” yaxshi emasligi uchun musobaqani tark etgan.

Timanovskayaning ta’kidlashicha, shifokorlar uni tekshirmasdan shunaqa xulosaga kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1125

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing