Lukashenko koronavirusni iqtisodiy va siyosiy kasallikka aylanganini aytdi

Olam

image

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko bugun, 27 noyabr kuni koronavirusga chalingan bemorlar davolanadigan Minskdagi 6-shahar klinik shifoxonasi xodimlari bilan uchrashdi va koronapsixoz haqida gapirdi.

"Ushbu bemorlarni davolashda eng asosiy narsa bu psixikadir. Men bizda ushbu kasallik rivojlana boshlagan paytlarda ham shu narsa haqida aytgan edim. Vahima, ruhiyat va men aytganimdek, koronapsixoz - endi hamma bu atamalarni biladi", degan Lukashenko.

U koronavirus endi paydo bo‘lgan paytlarda ham, infeksiyaga qarshi kurashda vahimani yo‘qotish juda muhimligini eslatgan. 

"Ba’zilaringiz mening aytganlarimga unchalik ishonmagan edingiz. Oxir-oqibat men haqligimni tushunib yetdingiz", degan Lukashenko. 

Belarus rahbarining ta’kidlashicha, koronavirus faqatgina tibbiy muammo emas, bunday bo‘lganiga ancha bo‘lgan. 

"Koronavirus allaqachon siyosiy, iqtisodiy kasallikka aylanib ulgurgan. Agar kimdir o‘zini ajratishni xohlasa, chegarani koronavirus niqobi ostida yopadi. Kimdir kimdirga siyosiy bosim o‘tkazmoqchi bo‘lsa ham, koronavirusdan foydalanadi", degan Lukashenko. 

Ma’lumot uchun, Belarusda koronavirusga chalinganlar 130 mingdan oshgan. 1 ming 128 nafar bemor vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

30

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing