Lukashenko Kimga “har ehtimolga qarshi” avtomat sovg‘a qildi (video)

Olam

image

Bugun, 26 mart kuni Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko KXDRga tashrifi doirasida mamlakat yetakchisi Kim Chen Inga o‘z mamlakatida ishlab chiqarilgan avtomatni sovg‘a qildi. Sovg‘a almashish lavhalarini Belarusning “Pul pervogo” kanali e’lon qildi.

Belarus fuqarosi Kim Chen Inga Kalashnikov avtomat bazasida ishlab chiqarilayotgan qurolni sovg‘a qilgan. 

“Mana, biz o‘qotar qurollar ishlab chiqarishni boshladik”, deydi Lukashenko. 

Kim Chen Inning qurolni ushlashini, xususan, “zatvor” ramasini orqaga tortganini kuzatar ekan, Lukashenko “hammasi to‘g‘ri. Qurolni ishlatishni biladi”, deya qayd etgan.

“Har ehtimolga qarshi, mabodo dushmanlar paydo bo‘lib qolsa”, deydi Lukashenko sovg‘ani topshirish vaqtida.

KXDR yetakchisi esa Lukashenkoga sovg‘a sifatida an’anaviy qilich va Belarus rezidenti tasviri tushirilgan ko‘zani topshirgan. E’lon qilingan videoda tarjimon Lukashenkoga ko‘za chig‘anoqlar bilan bezatilganini aytayotgani aks etgan. 

“Bizda qurol uchun pul berish odat tusiga kirgan”, deydi Lukashenko va Kim Chen Inga ichida tanga bo‘lgan qutichani uzatgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 25 mart kuni Aleksandr Lukashenko KXDRga rasmiy tashrif bilan borgandi. Belarus delegatsiyasi tarkibidan Bosh vazir o‘rinbosari Yuriy Shuleyko, Tashqi ishlar vaziri Maksim Rijenkov, Sog‘liqni saqlash vaziri Aleksandr Xo‘jayev, Ta’lim vaziri Andrey Ivanets va Sanoat vaziri Andrey Kuznetsov joy olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Kim Chen In Aleksandr Lukashenko sovg'a

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing