Lukashenko “katta og‘asi” bilan uchrashish uchun jo‘nab ketdi
Olam
−
22 aprel 2021
5884Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko bugun, 22 aprel kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashish uchun Moskvaga uchib ketdi. Bu haqda Belarus Prezidentining Matbuot xizmati xabar berdi.
“Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya Federatsiyasiga amaliy tashrif bilan jo‘nab ketdi. Moskvada Belarus davlat rahbari va Rossiya Prezidenti o‘rtasida uchrashuv hamda muzokaralar rejalashtirilgan”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, avvalroq Belarus Prezidenti Matbuot xizmati Moskvada Lukashenko va Putin ikki davlat munosabatlarining dolzarb masalalari va savdo-iqtisodiy aloqalarni muhokama qilishlari, shu jumladan avvalgi telefon suhbati hamda uchrashuvlarning davomi xususida ham to‘xtalib o‘tishi haqida xabar berilgandi.
Xabarda qayd etilishicha, COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashda o‘zaro aloqalar masalalari, to‘liq transport harakatlarini tiklash bo‘yicha keyingi qadamlar va shu bilan birgalikda, Ittifoq davlati masalasi suhbatning asosiy mavzulari bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda, ikki davlat rahbarlari hozirgi chaqiriq va tahdidlarga qarshi birgalikda kurashishni muhokama qilishlari va mintaqadagi vaziyat yuzasidan fikr almashishlari kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha, 21 aprel kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin mamlakat parlamentiga yo‘llagan an’anaviy murojaatida Lukashenkoning hayotiga uyushtirilgan suiqasdni “g‘azablantiradigan holat”, deb atagandi. Shuningdek, u ushbu voqeaga dunyoda hech kim reaksiya ko‘rsatmaganiga e’tibor qaratgandi.
LiveBarchasi