Lukashenko “katta og‘a”si bilan kelishib olgani Moskvaga keldi

Olam

image
Belarusdagi harbiy harakatlarda AQSHga tegishli suvosti kemasi topildi. Shoygu Putinga hisob berdi north_east

Belarusdagi harbiy harakatlarda AQSHga tegishli suvosti kemasi topildi. Shoygu Putinga hisob berdi

Bugun, 18 fevral kuni Kremlning yaqin ittifoqchilaridan biri Belarus Respublikasi fuqarosi Aleksandr Lukashenko Rossiyaga rasmiy tashrif bilan keldi. Uchrashuv mobaynida ikki mamlakat rahbarlari o‘z fantaziyasi – G‘arb agressiyasiga qarshi birlashgan holda chora ko‘rishga kelishib olgan. 

Bildirilishicha, Putin va Lukashenko mintaqadagi Ukraina bilan bog‘liq ziddiyatli vaziyat fonida o‘zaro hamkrlikni yanada kuchaytirish imkoniyatlarini muhokama qilgan. Asosiy uchrashuv yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida Lukashenko Putin bilan xavfsizlik masalasida nimalarga kelishib olganini ma’lum qildi.   

“Bizning Vladimir Vladimirovich bilan bugungi uchrashuvimiz dunyoda harbiy-siyosiy keskinlik misli ko‘rilmagan darajada kuchayishi fonida o‘tmoqda. Vaziyatning og‘irligini inobatga olgan holda, Prezident va men aynan shu masalaga katta e’tibor qaratdik. G‘arbdagi hamkorlarimizning tajovuzkor xatti-harakatlariga qarshi birgalikda javob qaytarish imkoniyatlarini muhokama qildik”, degan Lukashenko.

Uning ta’kidlashicha, ba’zi G‘arb rahbarlari mantiqsiz va ahmoqona siyosat yuritmoqda.

“Afsuski, so‘nggi o‘n yilliklar ichida birinchi marta biz deyarli butun bir qit’ani ortga tortishi mumkin bo‘lgan mojaro yoqasida qoldik. Bugun biz qo‘shni davlat rahbarlarining mantiqan va oqilona tushuntirishiga qaramasdan, bir qator G‘arb siyosatchilari “xavfsizlikni ta’minlash” bahonasini ro‘kach qilgan holda, mas’uliyatsiz va ahmoqona xatti-harakatlarni amalga oshirayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz”, deya qo‘shimcha qilgan Belarus Respublikasi fuqarosi.

Lukashenkoning ta’kidlashicha, ruslar ham, belaruslar ham urush bo‘lishini, qolaversa vaziyatning keskinlashishi va hatto qandaydir mojarolar yuzaga kelishini xohlamaydi.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyi o‘rtalaridan boshlab Kreml Belarusga “Ittifoqchilar kelishuvi” doirasida o‘z harbiylari va og‘ir artilleriyalarni yubora boshlagan. Hozirga qadar qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun Belarus hududiga Rossiyaning 30 000 dan ortiq askarlari kiritilgani aytilmoqda.

Shuningdek, S-400 yer-havo raketa tizimlarining ikkita bataloni va 12 ta “Suxoy Su-35” qiruvchi samolyotlari mamlakat hududiga joylashtirilgan.

NATO ushbu harakatlarni Sovuq urush davridan buyon Belarus hududiga kiritilgan eng katta qo‘shin deya baholamoqda. Bildirilishicha, hozirda Rossiya ixtiyoriga o‘tgan Qrim, Belarus va Ukraina bilan chegaradosh boshqa hududlarda 100 000 lab rus qo‘shinlari joylashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

170

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing