Lukashenko Belarusda urush nimadan boshlanishi mumkinligini aytdi

Olam

image

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning ta’kidlashicha, zamonaviy sharoitda urush tashqi tajovuz bilan emas, balki Belarusda tartibsizlik o‘rnatish uchun odamlarning “ongini yo‘q qilish” bilan boshlanishi mumkin. Bu haqda davlat rahbari bugun, 8 iyul kuni Minskda oliy harbiy o‘quv yurtlari bitiruvchilari va katta ofitserlari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.

“Nazariy jihatdan biz urushga tayyorgarlik ko‘rmayapmiz. Sizlar yaxshi tushunib turibsizki, urush tashqi tajovuz bilan boshlamaydi, u ichkaridan odamlar ongini buzish bilan boshlanadi. Urush mamlakatimizda tartibsizliklarni uyushtirishdan boshlanadi va agar kerak bo‘lsa, keyinroq xorijiy qo‘shinlar ham kiradi. Biz bu haqda gaplashgandik, mana shu bizning milliy xavfsizlik konsepsiyamizning mohiyatidir”, deydi Belarus rahbari.

Belarusning G‘arb davlatlari bilan munosabatlari mamlakatda bo‘lib o‘tgan 2020 yilgi prezidentlik saylovlaridan so‘ng yomonlashdi. O‘sha saylovda Aleksandr Lukashenko 80,1 foiz ovoz bilan 6-marta g‘alaba qildi.

Saylovdan so‘ng mamlakatda ruxsatsiz ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi. Ular tartibsizliklar bilan bog‘liq bo‘lib, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan maxsus texnika va maxsus vositalar yordamida bostirildi. 

Foto: Minskdagi ommaviy namoyishlar

Joriy yilning 11 fevral kuni Belarus Davlat xavfsizlik qo‘mitasi mamlakatda vaziyat barqarorlashganini e’lon qildi. Respublikada bir qator muxolifat rahbarlariga qarshi jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan, jumladan hokimiyatni egallashga chaqirish, ekstremistik tuzilmani yaratish, davlat hokimiyatini konstitutsiyaga zid ravishda qo‘lga kiritish fitnasi va terroristik harakatga urinish. 

Belarus rasmiylari mamlakatdagi norozilik namoyishlari chet davlatlari tomonidan muvofiqlashtirilayotganini bir necha bor ta’kidlagan. Lukashenko G‘arbni respublikadagi vaziyatga bevosita aralashishda aybladi, notinchlik AQSH tomonidan boshqarilayotgani va yevropaliklar amerikaliklar bilan “birga o‘ynayotganini” ta’kidladi. 

Bundan tashqari, Lukashenko mustaqil respublikani yo‘q qilishni istagan tashqi kuchlar Belarusda “rangli inqilob”ni amalga oshirishga uringanini qayd etdi.

Saylovdan keyin Belarus va G‘arb davlatlari o‘rtasidagi munosabatlar keskin yomonlashdi. Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada va boshqa bir qator davlatlar rasmiy Minskni saylov natijalarini qalbakilashtirishda ayblab, asta-sekin mamlakat rasmiylariga, shuningdek ayrim korxonalarga qarshi sanksiyalarni joriy etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Minsk Evropa Ittifoqi Belarus' Lukashenko

Baholaganlar

90

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing