Lukashenko ayollarga go‘zalligini saqlab qolish uchun qor kurashni maslahat berdi (video)
Olam
−
31 yanvar 2709 2 daqiqa
Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko ochiq havoda qor tozalash ayol go‘zalligini har qanday kosmetik muolajadan ko‘ra yaxshiroq saqlab qolishiga ishonishini aytdi. Bu haqda kecha, 30 yanvar kuni Lukashenko sanoat korxonalaridagi ayol xodimlar bilan ushrashuv chog‘ida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Aleksandr Lukashenko pardozlangan ayollarga qaraganda tabiiy ayollarni hush ko‘rishini yashirmagan. Va bu haqda ayollarga tavsiya ham bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, toza havoda belkurak bilan ishlagandan so‘ng ayollar doimo yosh va go‘zal bo‘lib qoladilar.
“Siz go‘zal bo‘lishni juda xohlaysiz. Yuzingizga, tanangizning boshqa qismlariga turli xil mikroblarni yuqtirasiz, kimdir bug‘xonaga borsa, kimdir asal surtadi va hokazo. Men buni tushunaman, bilaman. Go‘zallik uchun eng yaxshi asal – belkurak olib, qorni tozalash. Ishoning, bu eng yaxshi davo. Tabiiy go‘zal ayollar erkaklarning orzusi”, dedi Belarus rezidenti.
Lukashenko shaxsan o‘zi belkurakda qor kurashni yaxshi ko‘radi. U muntazam ravishda qor tozalashda xodimlariga yordam berib keladi. Joriy yilning yanvar oyi boshida Rossiya telekanallaridan birida, Belarus rahbari va uning o‘g‘li Nikolay qor kuraklari bilan yoqqan qorlarni tozalashga yordam berayotgani tasvirlangan lavha namoyish etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati xokimi Zoyir Mirzayev tandirda non yopmay qo‘ygan ayollarda rak kassaligi rivojlanishi haqida bashorat qilgandi.