Lukashenko Aliyevga Qorabog‘ni tiklashda yordam taklif qildi
Olam
−
16 may
3387Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko bugun, 16 may kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuvda Bakuga qaytarilgan hududlarni urushdan keyin qayta tiklashda yordam berishni taklif qildi. Bu haqda “BelTA” agentligi xabar berdi.
Lukashenko harbiy harakatlar tugagandan so‘ng hududlarni tiklash va rivojlantirish eng muhim va qiyin masala ekanini ta’kidladi.
"Bu yerlarni qayta tiklashimiz kerak bo‘lgan qiyin vaqt keldi, biz odamlarni qaytarishimiz kerak (va ularning ba’zilari allaqachon shaharda tug‘ilgan – muammo bo‘lishi mumkin)”, deydi u.
Lukashenko bu ish ko‘p vaqt va katta mehnat talab qilishini ta’kidladi. Uning aytishicha, Belarus bu yo‘nalishda yordam berishga tayyor.
“Biror narsada yordam bera olsak, biz ishtirok etamiz... Bu yerda hozir sizga yordam beradiganlar yetarli, ammo biz bunda do‘stona asosda qatnasha olsak... Uskunalar, qishloq xo‘jaligi shaharchalari, ish joylari, ma’lum texnologiyalar (mutaxassislaringiz, vazirlaringiz bu texnologiyalarni yaxshi biladi) – agar ular mos bo‘lsa, bizning uskunalarimiz shu yerda bo‘lsa va ishlasa deymiz”, deb ta’kidlaydi Lukashenko.
U Ilhom Aliyevdan rozilik olganini qayd etdi.
“Men Ilhom Haydarovichdan yakkama-yakka muzokaralar chog‘ida so‘radim: agar iloji bo‘lsa - Belarus uchun biron bir joy, iltimos, bizga bering. Ilhom Haydarovich esa bu yondashuvni qo‘llab-quvvatladi”, degan Aleksandr Lukashenko.
“BelTA” xabariga ko‘ra, o‘tgan yilning dekabr oyida Ozarbayjon Prezidenti Sankt-Peterburgdagi uchrashuvda Belarusning Qorabog‘dagi infratuzilma ob’ektlarini modernizatsiya qilish va qurishda ishtirok etish taklifini tasdiqlagan.
Ma’lumot uchun, 2023 yil 19 sentyabrda Ozarbayjon Qorabog‘da harbiy operatsiya boshladi, uning maqsadlaridan biri tan olinmagan respublikaning barcha organlarini tarqatib yuborish edi. Yerevan bu harakatlarini bosqinchilik sifatida baholab, Qorabog‘da arman bo‘linmalari yo‘qligini aytdi. Bir kun o‘tib, Rossiya tinchlikparvar kuchlari vositachiligida sulh shartlari orasida o‘t ochishni to‘xtatish, xususan, arman tuzilmalarini qurolsizlantirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi. Shundan so‘ng Qorabog‘ va Baku vakillari o‘rtasida mintaqani respublika tarkibiga qo‘shishga bag‘ishlangan bir necha muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Aliyev Ozarbayjonning hududiy yaxlitligini tiklaganini aytdi.
LiveBarchasi