Lukashenko aqldan ozdimi? O‘zbekiston uning gapidan qanday dars chiqarishi kerak?
Intervyu
−
11 yanvar 2022
13391Ma’lumki, kecha, 10 yanvar kuni Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining videoanjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Belarusni 28 yildan buyon boshqarib kelayotgan va namoyishlarni qurol bilan bostirgan Aleksandr Lukashenko Qozog‘istondagi voqealardan avval O‘zbekiston saboq chiqarishi kerakligi, bu saboqlar olinmasa, o‘zidagi ma’lumotlarga ko‘ra, ularning (ekstremistlar – tahr.) diqqati O‘zbekistonga qaratilishini aytdi. Ancha keksayib qolgan Belarus rahbarining ushbu gapi O‘zbekistonda nafaqat siyosatshunoslar, balki jamoatchilik, oddiy odamlarning ham g‘ashiga tegdi.
Xo‘sh, Lukashenko aytganidek, O‘zbekiston Qozog‘istondagi voqealardan dars chiqarishi kerak bo‘lsa, bu qanday dars? QALAMPIR.UZ rahbari Qamariddin Shayxov ana shular haqida taniqli jurnalist va publitsist Karim Baxriyev bilan muloqot qildi.
O‘zbekiston harbiy bloklarga a’zo bo‘lmaslikka va’da bergan va bu va’dasining ustidan chiqib kelmoqda. Bu haqda gapirarkan, Karim Baxriyev Lukashenkoning gaplariga shunday javob qiladi:
“Uning gapi yengil, vazni yo‘q”.
Shuningdek, jurnalist Lukashenkoning bir necha muddatdan bayon davlat rahbari lavozimida qolayotgani, hatto, unga qarshi namoyishlar bo‘lganiga qaramay, hukmronlik qilib kelayotganini tanqidga olarkan, “Lukashenkoning o‘z davlatida qonuniyligi shubha ostida turibdi”, deydi.
Jurnalist Karim Baxriyev bilan suhbatni yuqoridagi videopleyerda yoki QALAMPIR.UZ’ning YouTube’dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.
LiveBarchasi